<?xml version="1.0" encoding="UTF-8"?><song><author>Ravshan Xizirov</author>
<lyrics>[V1]
 Haqni izlaganlar
 Izlab kelganlar,
 Haqni topmay gʻamu
 Anduh yeganlar.
 Xudo bormi oʻzi,
 Qani deganlar
 Iso Masih keldi
 Sizlarni izlab!

[V2]
 Gumonni qoʻyinglar
 Gumon imonmas,
 Imonsiz Xudoni
 Koʻrsa inonmas.
 Dunyoni sevdi U
 Hech kimdan tonmas
 Iso Masih keldi
 Sizlarni izlab!

[V3]
 Bugun qandaysiz siz,
 Qay ahvoldasiz,
 Boymisiz va yoki
 Nochor holdasiz.
 Xudoga muhtojman
 Degan barchangiz
 Iso Masih keldi
 Sizlarni izlab!

[V4]
 Hammasin roʻyi rost
 Ochib berdi U
 Xudoyim mehribon,
 Sevgi derdi U.
 Siz aslo topolmas
 Xudodan mangu
 Iso Masih keldi
 Sizlarni izlab!

[V5]
 Hali ham Xudoni
 Bilmovchilar bor,
 Xudo jazolaydi
 Deguvchi bisyor.
 Tanishtirib bizga
 Xudoni takror
 Iso Masih keldi
 Sizlarni izlab!

[V6]
 Bugun imkoningiz
 Qoʻlingizda bor,
 Sizga bagʻrin ochib
 Xudo intizor.
 Borligʻin jo qildi
 Oʻgʻliga ilk bor
 Iso Masih keldi
 Sizlarni izlab!</lyrics>
<title>Iso Keldi Izlab (anʼanaviy)</title>
</song>